Prokrastinatsiya - bu dangasalik emas, balki qo'rquv, perfeksionizm va motivatsiya yetishmasligi asosida yuzaga keladigan murakkab psixologik hodisadir. U shaxsiy hayotni, martabani va sog'likni asta-sekin yemiradi, lekin uni faqat iroda bilan yengishga urinish ko'pincha samarasiz, chunki iroda cheklangan va tez tugaydigan manbadir.Mazkur risola prokrastinatsiyaga qarshi eng kuchli "tashqi vosita" - ijtimoiy qo'llab-quvvatlashga bag'ishlangan. Unda qo'llab-quvvatlashning to'rt turi (emotsional, informatsion, instrumental va baholovchi) va ularning manbalari - oila, do'stlar, hamkasblar, murabbiylar - batafsil tahlil qilinadi. Shuningdek, ijtimoiy yordam qanday mexanizmlar orqali prokrastinatsiyani kamaytirishi ko'rsatiladi: mas'uliyat hissini oshirish (boshqalarga va'da berishning kuchi), stress va tashvishni pasaytirish (emotsional tampon) hamda o'z-o'zini samaradorlikni kuchaytirish (ishonch va o'rnak orqali). Shuningdek, o'quv guruhlari, mentorlik va oilaviy muhitning amaliy strategiyalari, hisobot beruvchi hamkor tanlash, ijtimoiy tarmoqlardan ijobiy foydalanish va yordam so'rash ko'nikmalarini rivojlantirish bo'yicha va topshiriqlar berilgan.